locale OZ

PSJ bosh murabbiyi futbolchilarga Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlarini o‘zaro yaqin davrada bayram qilish imkoniyatini berdi

Luis Enrike o‘zining tug‘ilgan kuni oldidan kutilmagan qaror qabul qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ bosh murabbiyi futbolchilarga Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlarini o‘zaro yaqin davrada bayram qilish imkoniyatini berdi
photo: Google

Luis Enrike o‘zining tug‘ilgan kuni oldidan kutilmagan qaror qabul qildi.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, bugun 56 yoshni qarshi olayotgan ispaniyalik mutaxassis jamoa a’zolarini Parijdagi zafar arkasi yaqinida joylashgan Prunier restoraniga bayram qilish uchun taklif etgan. Biroq Enrikening o‘zi u yerga bormagan va parijliklar murabbiyning tug‘ilgan kunini uning ishtirokisiz nishonlashgan.

Shu tariqa, murabbiy futbolchilarga Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlarini o‘zaro yaqin davrada bayram qilish imkoniyatini bergan.

Murabbiy tanlagan restoran «Ikra uyi» nomi bilan mashhur bo‘lib, u 1924 yildan beri delikates ishqibozlari uchun afsonaviy maskan hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting