locale OZ

«PSJ» bir yil ichida sovrin yutish boʻyicha «Barselona» va «Bavariya»ga yetib oldi

Parijliklar 2025 yilda jami 6 ta trofey sohibi boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» bir yil ichida sovrin yutish boʻyicha «Barselona» va «Bavariya»ga yetib oldi
FOTO: Getty Images

«PSJ» Interkontinental kubokning g‘olibi bo‘ldi, finalda «Flamengo»ni mag‘lub etdi (1:1, penaltida 2:1).

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» XXI asrda bir yil ichida olti trofeyni qo‘lga kiritgan uchinchi jamoa bo‘ldi — 2009 yilda «Barselona» va 2020 yilda «Bavariya»dan keyin.

2025 yilda Parij jamoasi Fransiya chempionati, Fransiya Kubogi, Fransiya Superkubogi, Chempionlar Ligasi va Yevropa Superkubogini yutdi.

Flamengo bilan o‘yindagi qahramon rossiyalik darvozabon Matvey Safonov bo‘ldi, u ketma-ket to‘rtta penaltini qaytardi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting