locale OZ

PSJ Barkolani 150 mln yevroga sotishga tayyor

Transfermarkt portali Bredlining aktual transfer narxini 70 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Barkolani 150 mln yevroga sotishga tayyor
ФОТО: Getty images

“PSJ” klubi vinger Bredli Barkola uchun transfer narx belgiladi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar berdi.

Parijliklar ushbu yozda sotishga oshiqmayapti, ammo 150 mln yevro miqdoridagi taklif vaziyatni o'zgartirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 23 yoshli Barkolaga Angliyaning “Liverpul” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq PSJning tutgan o'rnidan kelib chiqilsa, futbolchi kelajagi borasidagi savol yozning oxirigacha ochiq qolishi mumkin.

O'tgan mavsum Barkola klub safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali Bredlining aktual transfer narxini 70 mln yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting