«PSJ» Barkola uchun 170 million yevro talab qilmoqda
PSJ klubi vinger Bredli Barkolaning ehtimoliy transferi uchun 170 million yevro talab qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar ushbu bahoni belgilashda bir nechta yirik transferlarni mezon sifatida olgan. Jumladan, Morgan Rojersning «Chelsi»ga 138 million yevro, Elliot Andersonning esa «Manchester Siti»ga 135 million yevro evaziga o‘tgani hisobga olingan.
Shuningdek, Barkolaning ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanligi, 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda hali 23 yosh ekani ham uning yuqori baholanishiga sabab bo‘lgan.
Unga jiddiy qiziqish bildirayotgan «Liverpul» esa transfer narxini pasaytirishga umid qilmoqda.