«PSJ» Balde uchun 40 mln yevro taklif qilishga tayyor
Transfermarkt portali mutaxassislari Baldening bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Фото: Getty Images
«PSJ» «Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alejandro Baldeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» ispaniyalik futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor. Parijliklarning 22 yoshli futbolchiga qiziqishi haqida avval ham xabar berilgan edi.
Shuningdek, Balde bilan bog‘liq vaziyatni «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va Milanning «Inter» klublari ham kuzatib bormoqda.
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Baldega unchalik ishonch bildirmayapti. Joriy mavsumda himoyachi bor-yo‘g‘i bir marta maydonga tushgan. Transfermarkt portali mutaxassislari Baldening bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.