locale OZ

«PSJ», «Atletiko», «Inter» va «Benfika» «Renn» hujumchisi uchun kurashadi

Hujumchi joriy mavsumda Fransiya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ», «Atletiko», «Inter» va «Benfika» «Renn» hujumchisi uchun kurashadi
ФОТО: Getty images

«Renn» hujumchisi Esteban Lepol qator Yevropaning top-klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uchun «PSJ», Madridning «Atletiko»si, Milanning «Inter»i va Lissabonning «Benfika» klublari raqobatlashishi mumkin.

«Renn» esa forvardni sotishdan 50–60 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda. Lepolning fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Hujumchi joriy mavsumda Fransiya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting