«PSJ» asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin – manba
PSJ ekvadorlik himoyachi Vilyam Pacho bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Qayd etilishicha, 24 yoshli Ekvador terma jamoasining markaziy himoyachisi maoshi sezilarli darajada oshirilgan holda 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaydi.
Bu mavsumda Pacho PSJ safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi, klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha amal qiladi.
Parijliklar safida Pacho ikki karra Fransiya chempioni bo‘lgan, ikki marta UEFA Chempionlar ligasi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida bittadan Fransiya Kubogi, Qit’alararo kubok va UEFA Superkubogi mavjud.