\"PSJ\" Akliush uchun to‘rtinchi taklifni tayyorlamoqda
Knyazlik klubi Akliush transferidan kamida 70 million yevro ishlab olishni istamoqda.
Foto: Getty Images
"Pari Sen-Jermen" "Monako" yarim himoyachisi Magnes Akliushni sotib olish uchun navbatdagi taklifni tayyorlamoqda.
L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar bu safar 23 yoshli futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor. "PSJ"ning avvalgi, taxminan 40 million yevrolik taklifini "Monako" rad etgan edi.
Knyazlik klubi Akliush transferidan kamida 70 million yevro ishlab olishni istamoqda. Shu sababli tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etishi kutilmoqda.
Akliush o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Monako" bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist