locale OZ

«PSJ» Akliush bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi

24 yoshli futbolchi PSJ bilan besh yillik shartnoma imzolashga rozilik berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Akliush bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

Fransiya chempioni Parij Sen-Jermen "Monako" vingeri Magnes Akliush bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.

Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi PSJ bilan besh yillik shartnoma imzolashga rozilik berdi.

Ayni paytda klublar o‘rtasida transfer summasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. "Monako" o‘z pozitsiyasidan chekinmayapti va futbolchini taxminan 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Agar klublar o‘zaro kelishuvga erishsa, Magnes Akliush yaqin kunlarda PSJning navbatdagi yozgi transferlaridan biriga aylanishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting