locale OZ

\"PSJ\" 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi JCh ishtirokchisiga aylandi

Keyingi turnir mezboni hozircha ma’lum emas
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"PSJ" 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi JCh ishtirokchisiga aylandi
Photo: Getty Images

“PSJ” 2024/25 yilgi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) mazkur turnirga yaqin uch mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan klublarni taklif qiladi. 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbon davlat hozircha e’lon qilinmagan.

Bu yilgi musobaqada fransuz grandi ishtirok etadi. Guruh bosqichida parijliklar Madridning “Atletiko”, “Botafogo” va “Sietl Saunders” klublari bilan kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting