locale OZ

«PSJ» 2025/2026 yilgi mavsum uchun toʻrtinchi libosini taqdim etdi (foto)

Parijliklar hozirda Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» 2025/2026 yilgi mavsum uchun toʻrtinchi libosini taqdim etdi (foto)
FOTO: Getty Images

«PSJ» Jordan Brand tomonidan taqdim etilgan 2025/26 yilgi mavsum uchun to‘rtinchi libosini namoyish qildi.

Klubning rasmiy bayonotida yangi forma dizayni quyidagicha tasvirlangan:

«Asosan qora rangda, antratsit-kulrang aktsentlar va pushti tuslar bilan boyitilgan. Yangi futbolka sof va kuchli ko‘rinishga ega bo‘lib, markaziy qizil chiziq bilan ajralib turadi — klubning asosiy dizayniga zamonaviy nozik ishora», — deyiladi poytaxt klubining bayonotida.

Yangi to‘plamda birinchi bor qo‘llangan Cross-Dye texnikasi alohida qayd etildi — u mayda kontrastlar va noyob tekstura effektlarini yaratadi. Ushbu dizayn o‘tgan mavsum katta talabga ega bo‘lgan qanot naqshli ko‘k formaning o‘rnini bosadi.

Maʼlumot uchun, Liga 1'ning 13-turidan soʻng «PSJ» 30 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining cho‘qqisida bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting