locale OZ

«PSJ» 2025/2026 yilgi mavsum uchun beshinchi libosini taqdim etdi (foto)

Parijlik ushbu libosda ilk bor «Chelsi»ga qarshi oʻyinda maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» 2025/2026 yilgi mavsum uchun beshinchi libosini taqdim etdi (foto)
FOTO: Getty Images

«PSJ» klubi 2025/2026 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan beshinchi to‘plamdagi o‘yin libosini rasman taqdim etdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi dizayn tungi Parijning betakror muhitidan ilhomlangan holda yaratilgan. Libosda xrom va qora ranglarning uyg‘unlashgan palitrasi qo‘llanilgan bo‘lib, u tungi yorug‘lik aksini o‘zida mujassam etadi. Texnik jihatdan ushbu dizayn 360 darajali panoramali tasvirga olish texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan.

Parijliklar ushbu libosda ilk bor UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishlari kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 2026 yilning 11 mart kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting