locale OZ

PSJ 18 yoshli Ibrohim Mbaye uchun 70 million yevro talab qilmoqda

Uning kelajagi bir necha haftadan beri noaniq bo‘lib turibdi va PSJ ham munosib taklif tushsa, futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ 18 yoshli Ibrohim Mbaye uchun 70 million yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

“Pari Sen-Jermen” 18 yoshli vinger Ibrohim Mbayeni shu yozda sotishga tayyor. Biroq Parij klubi senegallik futbolchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda. Potensial xaridorlar esa uning transfer qiymatini 50 million yevrodan oshmaydi, deb hisoblamoqda.

Mbayening o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgani sabab klubini almashtirishga qarshi emas. Uning kelajagi bir necha haftadan beri noaniq bo‘lib turibdi va PSJ ham munosib taklif tushsa, futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

18 yoshli vingerga asosiy da’vogarlardan biri “Liverpul” hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra, ingliz klubi Mbaye bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan, biroq PSJ so‘rayotgan 70 million yevrolik narx transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Mbaye PSJ bilan 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting