locale OZ

Proxazka Ankalayev va Kosta bilan jang qilish istagini bildirdi

Chexiyalik sportchi oʻzining soʻnggi jangida magʻlub boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Proxazka Ankalayev va Kosta bilan jang qilish istagini bildirdi
FOTO: Getty Images

UFCning yarimog‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni, chexiyalik Irji Proxazka ushbu vazn toifasida sobiq chempionlik kamari sohibi rossiyalik Magomed Ankalayev hamda o‘rta vaznda UFC kamariga sobiq da’vogar braziliyalik Paulo Kosta bilan jang qilish istagini bildirdi.

«Taxminan oktyabr oylarida Kosta yoki Ankalayevga qarshi oktagonga qaytmoqchiman. Eng yaxshisi bo‘lishni istayman, agar bu nima anglatishini chindan tushunsangiz, g‘alaba qozonishingiz kerak bo‘lgan insonni mag‘lub etishingiz lozim. Shuning uchun ulardan biri ushbu jangga loyiq deb hisoblayman», — dedi Proxazka.

Irji Proxazka UFC 327 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida yangi zelandiyalik Karlos Ulbergga qarshi maydonga tushgan edi. O‘shanda Irji birinchi raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting