locale OZ

Proliga. «Sho‘rtan» «Kattaqo‘rg‘on»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

G‘uzorliklar olti ochkoga ega bo‘lishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Proliga. «Sho‘rtan» «Kattaqo‘rg‘on»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Фото: Шўртан ПФК

Proliga 2-turida “Kattaqo‘rg‘on” klubi Toshkentda “Sho‘rtan” bilan kuch sinashdi. Bellashuv 2:0 hisobida g‘uzorliklar g‘alaba qozondi.

“Bunyodkor” o‘yingohidagi bahsda dastlab Yuriy Kloçkov hisobni ochdi. Keyinchalik Jasur Jumayev avtogol muallifiga aylandi.

Natijada Asror Aliqulov boshqaruvidagi “Sho‘rtan” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. Samarqand viloyati klubi hisobida esa 3 ochko bor.

Proliga. 2-tur
“Kattaqo‘rg‘on” – “Sho‘rtan” 0:2
Gollar: Yuriy Kloçkov, 15 (0:1), Jasur Jumayev, 19 avtogol (0:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting