Pro-liga. \"Olimpik Mobiuz\" yirik hisobda g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa chiqib oldi
Photo: Pro-liga
Pro-Liganing 8-turidan qoldirilgan uchrashuvda "Olimpik Mobiuz" klubi “Olimpik”ni qabul qildi.
O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan “Olimpik Mobiuz” klubi raqibi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishga erishdi. Daler Tuxsanov, Nurlan Ibrayimov, Abduaziz Abdurashidov va Ulug‘bek Maratov gollar muallifi bo‘lishdi.
Natifada Farhod Nishonov shogirdlari ochkolarini 22 taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib olishdi. “Lokomotiv” esa 20 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi.
Pro-liga. 8-tur (qoldirilgan uchrashuv)
"Olimpik Mobiuz" - "Olimpik" 4:0
Gollar: Daler Tuxsanov (24), Nurlan Ibrayimov (58), Abduaziz Abdurashidov (78), Ulug‘bek Maratov (85).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist