locale OZ

Professional klublar U21 chempionati o‘yinlari bir kun avval o‘tishiga ko‘proq ovoz berdi

Ovoz berish yakuniga ko‘ra, aynan 10 ta klub yuqoridagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Professional klublar U21 chempionati o‘yinlari bir kun avval o‘tishiga ko‘proq ovoz berdi
Фото: UzPFL

20-oktabr kuni professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda U21 chempionati o‘yinlarining bir kun oldin yoki keyin o‘tkazilishi masalasi ham muhokama qilindi.

Liga so‘nggi uch mavsum davomida U21 chempionati uchrashuvlarini bir kun keyin o‘tkazib kelmoqda. Bunday qarorga kelinishiga "Olimpik" futbol klubining tashkil etilishi bevosita sabab bo‘lgan. Klub bosh murabbiyi sifatida Timur Kapadze bu boradagi afzalliklar haqida Liga bilan uchrashuv o‘tkazgan. Keyinchalik Ivan Boskovich va yosh iqtidorli futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berayotgan ayrim klublar ham ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashgan.

Klublar rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Qashqadaryoning uch futbol klubi ushbu masalani qaytadan ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdi. Bu fikr yana bir necha klub tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Yakunda esa Liga ushbu masalani ovozga qo‘yib, klublar bosh murabbiylari va boshqa mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, Ligayaga o‘zining yakdil ovozini taqdim etishi yuzasidan kelishuvga erishildi. O‘z navbatida, Liga 17 klub ishtirok etgan ovoz berish jarayonida kamida 10 ta klub yangi taklifni ma’qullasa, reglamentga tegishli o‘zgartirish kiritilishini e’lon qildi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, aynan 10 ta klub yuqoridagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. Qashqadaryoning uch klubi safiga "Neftchi", "Qo‘qon-1912", "OKMK", "Dinamo", "Qizilqum", "Buxoro" va "Xorazm" klublari ham qo‘shildi. Shu sababli, 2026-yilgi mavsumdan boshlab U21 chempionati bellashuvlari asosiy tarkib o‘yinidan 1 kun oldin o‘tkazilishi masalasi "Superliga reglamenti"ga kiritildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting