«Prezident Olimpiadasi» sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Sport vazirligida vazir o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov va MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirokida “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida ishchi guruhlari tomonidan "Olimpiya shaharchasi" hamda joylarda tashkil etiladigan musobaqa ob’ektlarida sportchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish, tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va musobaqa jarayonlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish, har bir sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan bahslarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, musobaqalar jarayoniga volontyorlarni jalb qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga musobaqalar jadvaliga qat’iy rioya qilish, sportchilarning musobaqalarga yetib kelishi va ketishi uchun logistika tizimini nazorat qilish hamda mehmonxonalarga joylashish kabi masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.