Prevyyu. «Qizilqum» - «Andijon»
"Andijon"ni ertaga Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'yin kutib turibdi.
Birinchi davrada “Bobur arena”da bo'lib o'tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi va o'shanda jamoamiz tarkibida Shohjahon Yo'rqinboev o'zining debyut golini kiritgan.
Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlar statistikasi bo'yicha, 41 ta o'yin o'tkazilgan. "Qizilqum"da 18, "Andijon"da 14 g'alaba bor. 9 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati 63:53 navoiyliklar foydasiga.
"Andijon" chempionatda so'nggi bor "Qizilqum" maydonida 2012 yili g'alaba qozongan. O'shanda 1:2 natijasi qayd etilgan. Bu hozircha "Andijon"ning safardagi yagona g'alabasi bo'lib turibdi. Lekin o'tgan yili Kubok doirasida "Andijon" Qarshida "Qizilqum" darvozasiga javobsiz uchtaga gol urgan. Shuningdek, chempionat doirasidagi bahsda jangovar - 3:3 hisobi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" - "Andijon" qarama-qarshiligi 9 noyabr kuni soat 15:00 da boshlanadi.