locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Prev'yu. “Xorazm” – “Andijon”

Futbol 25 iyn 2025 da 15:15
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Prevmyu. “Xorazm” – “Andijon”
Photo: Andijan PFK

“Andijon” jamoasini Jizzaxda “Xorazm”ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda.

Ushbu klublarning O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yini 1996 yildan boshlangan. O‘shanda “Xorazm” “Dinamo Urganch” nomi bilan, “Andijon” esa “Navro‘z” deb atalardi. Bahs esa 1:1 hisobida yakunlangan.

Qiziq tomoni, jamoalarning o‘sha birinchi uchrashuvi 1996 yilning 26 iyun kuni o‘tkazilgan. Bu safar ham jamoalar yana o‘sha sanada rasmiy o‘yinini o‘tkazishadi.

“Xorazm” va “Andijon” klublari hozirgacha O‘zbekiston chempionatida 16 marta to‘qnash kelishgan (pro ligadagi uchrashuvlarsiz). Ustunlik “Burgutlar” tomonida. Urganchliklarda 4, “Andijon”da esa 8 g‘alaba bor. 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 15\31 jamoamiz foydasiga.

Oxirgi marta jamoalar oliy ligada (avvalgi nomi) 2010 yilgi mavsumda to‘qnash kelishgan bo‘lib, 1:1 va 0:0 natijalari bilan yakunlangan. “Andijon” oxirgi bor 2009 yili ushbu raqibini mag‘lub etgan – 4:2.

Klublarning 17-o‘yini bugun Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” stadionida soat 20:00 da
boshlanadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting