locale OZ

Prev'yu. «Surxon» - «Andijon»

"Surxon" - "Andijon" o'yini bugun, soat 18:30 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Surxon» - «Andijon»
Фото: Андижон ПФК

Bugun Superliganing 26-turi yakuniga yetadi. "Andijon" Termizda "Surxon" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, birinchi davrada “Bobur arena”da bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi. Umumiy hisobda esa jamoalar milliy chempionatda 35 bor to'qnash kelishgan.

"Surxon"da 11, "Andijon"da 18 g'alaba bor. 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati 44-64, "burgutlar" foydasiga.

"Andijon" oxirgi marta "Surxon" mezbonligidagi o'yinda o'tgan yili g'alaba qozongan. Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda "Andijon" raqibini 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. "Andijon" "Surxon" mezbonligidagi uchrashuvlarning 4 tasida durang o'ynagan va 5 tasida g'alaba qozongan.

Eslatib o'tamiz, "Surxon" - "Andijon" o'yini bugun, soat 18:30 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting