Prev'yu. «So‘g‘diyona» – «Navbahor»
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi.
“Navbahor” O‘zbekiston kubogini 3 marta – 1992, 1995 va 1998-yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993, 2022 va 2024-yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi o‘yinlarda “Paxtakor” (0:3), “Nasaf” (1:2) hamda “Andijon” (2:3) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.
“So‘g‘diyona” esa hali kubok sohibiga aylanmagan.
Mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlarida o‘zaro 4 marta kuch sinashgan.
2005 yilgi O‘zbekiston kubogining 1/8 finali doirasida kechgan ikkita o‘yin yakuniga ko‘ra, namanganliklar 1/4 finalga yo‘l olishgandi.
2022 yili esa ushbu klublar yarim finalda ro‘baro‘ kelgandi. Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy va 30 daqiqalik “over-taymlari”da hisob ochilmadi. Natijada qoida bo‘yicha, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi hamda unda “lochinar” 3:1 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
2024 yili esa Jizzaxda chorak final doirasidan o‘rin olgan bellashuv “ekstra-taymlargacha” davom etdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchishdi.
2005 yil, 26 may. 1/8 final (birinchi o‘yin)
“So‘g‘diyona” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: Rasul Hayitov (42, 90+3-pen.) - Arif Mirzoev (73).
2005 yil, 4 iyun. 1/8 final (javob o‘yini)
“Navbahor” – “So‘g‘diyona” – 3:1 (2:1)
Gollar: Islom Inomov (12), Tohir Madrahimov (41), Arif Mirzoev (56) - Zokir Berdqulov (34).
2022 yil, 14 oktyabr. Yarim final
“Navbahor” – “So‘g‘diyona” – 0:0 (pen.seriyasi: 3:1)
2024 yil. 7 avgust. Chorak final.
“So‘g‘diyona” – “Navbahor”- 2:3 (0:0, 1:1, 0:1,1:2)
Gollar: Zoran Petrovich (55), Lyupcho Dorieyv (109) - Giorgi Nikabadze (69), Yovan Jokich (104), Filip Ivanovich (113).
Oradan 1 yil o‘tib, mazkur jamoalar yana O‘zbekiston kubogining chorak finalida o‘zaro ro‘baro‘ kelishmoqda.