Prevyu. «Qo’qon-1912» - «Paxtakor» o’zaro o’yinlar tarixi
Superliga 2-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 4-mart kuni Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 36 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 6 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 21 ta bahsda “sherlar”ning qo‘li baland kelgan. 9 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 92-47, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 27 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 72 tani tashkil etadi.
Ushbu jamoalarning so‘nggi o'nta uchrashuvi:
08.11.2026. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:0
22.06.2025. “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” 2:0
18.10.2022 “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” - 5:2
18.05.2022 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1-1
01.10.2021 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 4:2
12.05.2021 “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” - 3:0
20.10.2020 “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 2:1
18.08.2020 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:3
26.07.2019 “ Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 3:1
29.06.2019 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:2
“Paxtakor”ga qarshi bahsni G'ayrat Jo'rayev boshqarib boradi
Superliganing 2-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra Qo'qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni G'ayrat Jo'rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.