locale OZ

Prev'yu. «Paxtakor» - «Bunyodkor»

Hozirgacha oʻtkazilgan 39 bellashuvda oʻzaro toʻqnash kelishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Paxtakor» - «Bunyodkor»
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 27-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan toʻqnashadi.

“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar har doim keskin va shiddatli bahslarga boy oʻtadi.

Hozirgacha oʻtkazilgan 39 bellashuvning 15 tasida "Sherlar" gʻalaba qozongan. 10 ta bahsda durang natija qayd etilgan, 14 uchrashuvda esa raqib ustun kelgan. "Paxtakor" 51 ta gol urib, 46 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Jamoalar oʻrtasidagi eng yirik natija 2020 yil birinchi davrasida qayd etilgan boʻlib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. "Paxtakor" maydonidagi bellashuvlarda 9 gʻalaba, 6 durang va 4 magʻlubiyat qayd etilgan. Gollar nisbati ham "sherlar" foydasiga — 27:15.

"Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 3-noyabr, dushanba kuni soat 18:30 da "Jar" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting