locale OZ

Prevyu. «Paxtakor» - «Al Qadsiya»

Toshkentda ushbu mamlakat klublariga qarshi jami 14 o‘yinda maydonga tushgan.
Prevyu. «Paxtakor» - «Al Qadsiya»
Фото: Пахтакор ПФК

12 oktabr kuni Elit Chempionlar Ligasi 2-turida jamoamiz Saudiya Arabistonining "Al Qadsiya" klubini qabul qiladi. Bu jamoa bilan ilk bor to‘qnash kelamiz. Shu tariqa "Qadsiya" Saudiya klublari orasida bizga raqib bo‘lgan 9-jamoaga aylanadi.

Jamoamiz Toshkentda ushbu mamlakat klublariga qarshi jami 14 o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda 4 tadan g‘alaba va durang, 6 marta esa mehmonlar g‘alabasi qayd etilgan. "Paxtakor" 14 ta gol urgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 21 ta to‘p olib chiqqan.

"Paxtakor" va "Al Qadsiya" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 12 oktabr soat 18:45 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting