locale OZ

Prev'yu. «Navbahor» - «Neftchi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Navbahor» - «Neftchi»
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Navbahor" o‘z maydonida "Neftchi" (Farg‘ona) jamoasini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 61 bor to‘qnash kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 27 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 15 tasida "Navbahor" zafar quchgan, 19 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbati – 87-62, "Neftchi" foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 100, namanganliklar esa 64 ochko jamg‘arishgan.

Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 4 bor yirik hisob qayd etilgan. "Neftchi" 1995 va 1997-yillarda Namanganda 3:0, 2001-yili esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Navbahor" 2004-yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010-yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan va o‘sha o‘yinda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha bahsda "Neftchi" 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Ta'kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018-yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etgan va 3 yillik tanaffusdan so‘ng yana elita safiga qaytgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasida Namanganda o‘tkazilgan 30 ta uchrashuvning 12 tasida "lochinlar", 5 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan, 13 ta bahs esa durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati – 32:28, "Navbahor" foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Neftchi" o‘yini ertaga soat 18:00 da Namangandagi "Markaziy" stadionida start oladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting