locale OZ

Prevyu. «Nasaf» - «Andijon»

Shu kunga qadar jamoalar milliy chempionatda 48 marotaba maydonda kuch sinashishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Nasaf» - «Andijon»
Фото: Андижон ПФК

FIFA kunlaridan so'ng yana milliy chempionatimiz karvoni o'z yo'lida davom etadi. Superliganing 5-turida bizning “Andijon” jamoamiz Samarqanddagi “Dinamo” stadionida “Nasaf” mehmoni bo'ladi. Hozirda Qarshidagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanayotgani sababli “Nasaf” uy o'yinlarini Samarqandda o'tkazib turibdi.

Turning ushbu mazkur markaziy to'qnashuviga qiziqish juda katta. Shu kunga qadar jamoalar milliy chempionatda 48 marotaba maydonda kuch sinashishgan. “Andijon”da 7, “Nasaf”da 28 ta g'alaba bor. 13 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 100\52 qarshiliklar foydasiga.

O'tgan yili birinchi davrada ham, ikkinchi davrada ham jamoalar bir xil - 1:1 hisobini qayd etishgan.

“Andijon” Superligada “Nasaf” ustidan so'nggi marotaba 2023 yili Qarshida 0:1 hisobida g'alaba qozongan.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Andijon” bahsi 3 aprel kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida soat 20:15 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting