Prevyu. «Mash'al» - «Andijon»
Photo: Andi
Bugun "Andijon" Superliganing 19-tur doirasida Gʻuzorda "Mash'al"ga qarshi maydonga tushadi.
Birinchi davrada “Bobur arena”da boʻlib oʻtgan oʻyinda "Andijon" Ilhom Abduqaniyevning yagona goli evaziga gʻalaba qozongan.
Ushbu klublarning ilk toʻqnashuvi 1995 yildan boshlangan boʻlib, shu vaqtgacha milliy chempionatda 35 marta toʻqnash kelishgan. "Mash'al"da 18, "Andijon"da 12 gʻalaba bor. 5 ta oʻyin durang bilan yakun topgan. Toʻplar nisbati 39-50, muborakliklar foydasiga.
"Andijon" safarda "Mash'al"ga qarshi soʻnggi bor 2021 yildagi mavsumda oʻynagan va 0:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Oʻyin bugun Gʻuzordagi "Markaziy" stadionda soat 19:00 da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist