locale OZ

Prevyu. Ertangi bahs jamoalarning 37-uchrashuvi bo'ladi

Ertangi "Buxoro" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi bahs 18:00 da "Buxoro FA" stadionida boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. Ertangi bahs jamoalarning 37-uchrashuvi bo'ladi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi Superliganing 1-turida "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar shu kunga qadar chempionat bahslarida jami 36 ta uchrashuvda to'qnash kelishgan.

O'zaro uchrashuvlarning 13 tasida jamoamiz g'alaba qozongan. "Buxoro" jamoasi esa 18 tasida zafar quchgan. Yana 5 ta bahsda jamoalar durang o'ynashgan. To'plar nisbati 58-45 raqibimiz foydasiga.

Buxoroliklar 59 ochkoni qoʻlga kiritishgan. “Qoʻqon-1912” ochkosi 43 tani tashkil etadi.

"Buxoro"ga qarshi uchrashuvni Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912”
27.02.2026, 18:00
Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev
Yordamchi hakamlar: Amal Sultonov, Sardor Hakimov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Zilola Rahmatova
Komissar: Qudrat Madraimov

Ertangi "Buxoro" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi bahs 18:00 da "Buxoro FA" stadionida boshlanadi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting