Prevyu. «Buxoro» - «Dinamo»
Ko’hna shaharlar o’rtasidagi uchrashuv 19-mart 18:15 da Buxoro FA o’yingohida bo’lib o’tadi.
Фото: Динамо ПФК
“Buxoro” jamoasi O’zbekiston Superligasining 4-turini uyda Samarqandning “Dinamo” klubiga maydonga tushadi. Milliy chempionatlar tarixida mazkur jamoalar shu kunga qadar jami 48 bor to'qnash kelishgan.
O'zaro o’yinlarning 21 tasida “Buxoro” jamoasi g'alaba qozongan. 17 bahsda esa samarqandliklarning qo’li baland kelgan. 10 ta o’yinda tomonlar murosa ko’chasini tanlashgan. To'plar nisbati 64-62 jamoamiz foydasiga.
O’zaro bellashuvlarda mezbon jamoa 73 ochkoni qo’lga kiritgan. Raqiblari esa bu ko’rsatkich 61 ochkoni tashkil etadi.
Eslatib o’tamiz Ko’hna shaharlar o’rtasidagi uchrashuv 19-mart 18:15 da Buxoro FA o’yingohida bo’lib o’tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist