Prevyu. «Andijon» - «Navbahor»
Bugun “Burgutlar” o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.
Har doim ushbu klublar ishtirokidagi o‘yin alohida mavzuga aylangan.
Ayniqsa, o‘tgan yili mamlakat Kubogi uchun o‘tkazilgan final o‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirdi va unda “Andijon” dramatik o‘yinda namanganliklarni mag‘lub etgan bahs futbolimiz tarixida yorqin xotiralar bilan esga olinadi.
Jamoalar milliy chempionatda shu kungacha 57 marta kuch sinashgan. “Andijon”da 13, “Navbahor”da 27 g‘alaba bor. 17 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 59\82 namanganliklar foydasiga.
Shu yilning birinchi davrasida safardagi bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. "Andijon" “Navbahor”ga qarshi “Bobur arena”dagi oxirgi ikki o‘yinda g‘alaba qozongan. 2023 yili 2:1, o‘tgan yili esa 3:0 hisobida ustun kelgan.