Previyu. «Paxtakor» - «Dinamo»
Chempionatlar tarixida jamoalar 54 uchrashuvda to’qnash kelishgan.
Фото: Пахтакор ПФК
Superliga 8-turida "Sherlar" Toshkentda "Dinamo"ga qarshi o‘ynaydi.
Chempionatlar tarixida jamoalar 54 uchrashuvda to’qnash kelishgan. Unda "Paxtakor" 40 g‘alaba, 7 durang va 7 mag‘lubiyatni qayd etgan. Raqib darvozasiga 109 ta to‘p kiritilib, 31 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda o‘tkazilgan 27 uchrashuvning 24 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Uch bor esa Samarqand jamoasi ustun kelgan. O‘zaro o‘yinlarda eng yirik g‘alabamiz 6:0 natijasidan iborat bo‘lgan.
"Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 18 aprel, shanba kuni soat 20:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist