locale OZ

Previyu: «Nasaf» - «Mash'al»

Jamoalar shu paytgacha chempionat doirasida 35 marta to‘qnash kelishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu: «Nasaf» - «Mash'al»
Фото: Машъал ПФК

Qarshida bo‘lib o‘tadigan “Nasaf” - "Mash'al" uchrashuvini Rustam Choriyev boshqarib boradi. Uning qanotlarida Artyom Kalinin va Elnur Doniyorovlar yordam beradi. Zaxira hakami Dias Galeev. Hakamlarga Konstantin Smirnov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Jalolxon Inog‘omxo‘jayev.
O‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalar shu paytgacha chempionat doirasida 35 marta to‘qnash kelishgan. Bu o‘yinlarda g‘alabalar soni bo‘yicha "Mash'al" 8 ta, "Nasaf" esa 20 ta g‘alaba qayd etgan. 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 29-54 "Nasaf" foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda jamg‘arilgan ochkolar bo‘yicha "Mash'al" 31, "Nasaf" esa 67 ochko to‘plagan.

"Mash'al"ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi 4:1, "Nasaf"ning esa eng katta g‘alabasi ham 4:1 hisobida yakunlangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting