locale OZ

Previyu. “Mash’al” – “Qizilqum”

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Previyu. “Mash’al” – “Qizilqum”
Photo: Mashal PFK

Superliganing 9-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv rasmiylari

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan "Mash’al" – "Qizilqum" uchrashuvini Xushnud Suyunboev boshqarib boradi. Uning qanotlarida Avaz Abdullaev va Baxtiyorxo‘ja Shavkatovlar yordam berishadi. Zaxira hakami Anvar Ismoilov. Hakamlarga Viktor Serazitdinov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Vladimir Nazarov.

O‘zaro o‘yinlar

“Mash’al” va “Qizilqum” shu kungacha chempionat bahslarida 34 marta to‘qnash kelgan. G‘alabalar bo‘yicha “Qizilqum”da 11 ta, “Mash’al” esa 10 tadan yutuqqa erishgan. 13 o‘yin durang bilan yakunlangan. "Gazchi"lar raqib darvozasini 44 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, navoiyliklar esa 42 gol urishgan.

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi – 6:1 ga teng. “Qizilqum”da bu ko‘rsatkich 6:3 bo‘lib turibdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting