Previyu. «Andijon» - «So‘g‘diyona»
Bugun jamoalar 50-uchrashuvini o‘tkazishadi.
Фото: Андижон ПФК
Bugun “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatimizda shu kungacha 49 ta o‘yinda qatnashishgan bo‘lib, navbatdagisi — yubiley, ya’ni 50-uchrashuvga aylanadi.
Hozirgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Andijon” 17 ta, “So‘g‘diyona” esa 20 ta bahsda g‘alaba qozongan. Yana 12 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 66\69 jizzaxliklar foydasiga.
Bu yil birinchi davrada “So‘g‘diyona” maydonidagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Jamoamiz so‘nggi bor ushbu raqibini o‘z uyida 2016 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchratgan. O‘shanda “Andijon” 3:0 hisobida ustunlikka erishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist