locale OZ

Prestianni Vinisiusning irqchilik mojarosidan keyingi harakatlaridan hafa boʻldi — AS

Futbolchining soʻzlariga koʻra, ushbu holatdan uning oʻzi jabr koʻrmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prestianni Vinisiusning irqchilik mojarosidan keyingi harakatlaridan hafa boʻldi — AS
FOTO: Getty Images

«Benfika» hujumchisi Janluka Prestianni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real Madrid»ga qarshi birinchi o‘yinda Vinisius Juniorga nisbatan irqchi so‘zlar ishlatganlikda ayblangan edi. AS nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi braziliyalik yulduzning bu xatti-harakatidan o‘zini haqoratlangan deb hisoblamoqda.

Yakshanba kuni Lissabonda o‘tgan mashg‘ulot oldidan Prestianni jamoadoshlarini to‘plab, ushbu voqeadan so‘ng klub atrofida yuzaga kelgan salbiy muhit uchun uzr so‘ramoqchi bo‘lgan. Biroq, kiyinish xonasida u Vinisiusga nisbatan hech qanday irqchi so‘z ishlatmaganini qat’iy ta’kidlagan.

Prestiannining so‘zlariga ko‘ra, «Real» a’zosining keskin ayblovlari uning professional faoliyatiga va ijtimoiy hayotiga jiddiy zarar yetkazgan va bu holatdan uning o‘zi jabr ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi uchrashuvining ikkinchi bo‘limida Vinisius Prestianni uni «maymun» deb ataganini da’vo qilganidan so‘ng, o‘yin bir muddat to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting