locale OZ

Prestianni: «Ayblovlar mutlaqo asossiz. Yuzaga kelgan vaziyat faoliyatimga juda salbiy taʼsir koʻrsatdi»

«Benfika» yarimhimoyachisi Vinisius tomonidan bildirilgan irqchilik ayblovlariga ilk bor rasmiy munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prestianni: «Ayblovlar mutlaqo asossiz. Yuzaga kelgan vaziyat faoliyatimga juda salbiy taʼsir koʻrsatdi»
FOTO: Getty Images

«Benfika» yarimhimoyachisi Janluka Prestianni Chempionlar Ligasi doirasidagi «Real Madrid»ga qarshi o‘yinda Vinisius Junior tomonidan bildirilgan irqchilik ayblovlariga ilk bor rasmiy munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda Vinisius uchrashuv bosh hakami Fransua Leteksye bilan suhbatda argentinalik futbolchi uni «maymun» deb haqoratlaganini da’vo qilgan edi. O‘sha vaziyatda Prestianni og‘zini futbolka bilan yopib olgani sababli, uning nima deganini aniq tushunish imkoni bo‘lmagan.

Record nashrining xabar berishicha, Prestianni mashg‘ulotdan so‘ng jamoadoshlari bilan uchrashib, o‘yindan keyin yuzaga kelgan katta shov-shuv va klub obro‘siga yetgan putur uchun uzr so‘ragan. Biroq, u braziliyalik futbolchini irqiy kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganini qat’iyan rad etgan.

«Bu ayblovlar mutlaqo asossiz. Yuzaga kelgan vaziyat ham professional faoliyatimga, ham shaxsiy hayotimga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi», — deya ta’kidlagan «Benfika» a’zosi.

Ayni damda UEFA ushbu holat bo‘yicha rasmiy surishtiruv ishlarini boshlagan. Agar futbolchining aybi isbotlansa, uni uzoq muddatli diskvalifikatsiya kutishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting