locale OZ

Postekogluning jamoada qolishi noma'lum

Yakuniy qaror kelasi haftada ma'lum bo'ladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Postekogluning jamoada qolishi noma'lum
Photo: Getty Images

"Tottenhem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu kelajagi kelasi haftada hal bo'ladi. Bu haqda The Telegraph sahifalarida xabar berildi.

Qayd etilishicha, “shporlar” Yevropa ligasida g'alaba qozonganiga qaramay, Postekogluning "Tottenhem" bosh murabbiyligida qolishi dargumon.

Klub allaqachon yangi murabbiy izlash ishlarini boshlagan. Postekoglu “Tottenhem”ga 17 yil ichida ilk xalqaro sovrinini olib keldi.

Biroq, jamoa ichki ligada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va turnir jadvalida bor-yo'g'i 17-o'rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting