Portugaliyalik muxlislar Ronalduning terma jamoaga qaytishiga qarshi
Portugaliyaning A Bola nashri o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning aksariyati Krishtianu Ronalduning bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojarodan so‘ng milliy terma jamoaga qaytishiga qarshi chiqdi.
Ovoz berishda 25 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan. Respondentlarning 70 foizdan ziyodi 41 yoshli hujumchi endi Portugaliya terma jamoasi safida o‘ynamasligi kerak, degan fikrni bildirgan.
Qariyb 14 foiz ishtirokchi yaqin kunlarda mojaroni hal qilish mumkin, deb hisoblagan. Taxminan 7 foiz respondent esa Ronalduning futbolchi va bosh murabbiy vazifalarini bir vaqtning o‘zida bajarishini taklif qilgan. Yana 6 foiz ishtirokchi Jezush bergan va’dasida turmaganini ta’kidlab, mojaro ishtirokchilaridan faqat biri terma jamoada ishlashda davom etishi mumkin, degan pozitsiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktabr kuni Ronaldu milliy terma jamoa yig‘inini tark etgani uchun muxlislardan ochiqchasiga uzr so‘ragan edi. Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchi Jezushni unga bergan va’dalarini ikki marta buzganlikda ayblagan.