locale OZ

Portugaliyalik agent: «O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi o‘yinga qaraganda ancha yomon o‘ynadi»

U Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliyalik agent: «O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi o‘yinga qaraganda ancha yomon o‘ynadi»
ФОТО: Getty images

Portugaliyalik agent Paulu Barbosa JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida O‘zbekistonga (5:0) qarshi o‘yinning natijasiga munosabat bildirdi.

«O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi o‘yiniga nisbatan ancha yomonroq o‘ynadi. Bu ajablanarli, chunki ular yaxshi jamoa. Biroq, Portugaliyaga qarshi o‘yinning dastlabki 20 daqiqasida O‘zbekiston hattoki hujumga ham chiqa olmadi. Keyinroq bir oz yaxshiroq harakat qilishdi, lekin baribir bu jamoa jahon chempionatida ilgari ko‘rsatgan darajasidan ancha past bo‘ldi, shu sababli 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Portugaliya esa Kongoga qarshi o‘yinga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Biroq, bizning jamoamiz o‘z darajasini yana oshirishi kerak, chunki oldinda Kolumbiyaga qarshi bahs kutmoqda. Unda ayniqsa himoyada yaxshi harakat qilish talab etiladi, hujumda ham muammolar bor», — dedi Barbosa.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting