locale OZ

Portugaliya va Nigeriya oʻrtasidagi oʻyin arafasida keksa muxlis vafot etdi

Uchrashuv portugallar foydasiga hal boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya va Nigeriya oʻrtasidagi oʻyin arafasida keksa muxlis vafot etdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya va Nigeriya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi arafasida tribunada boʻlgan muxlis yurak xuruji oqibatida vafot etdi. Bu haqda Diario de Leiria nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, oʻyin boshlanishidan bir necha daqiqa oldin 77 yoshli muxlisning yuragi toʻxtab qolgan. U zudlik bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning urinishiga qaramay, bemorning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan.

Qayd etish joiz, uchrashuv 10-iyun kuni boʻlib oʻtdi va unda portugallar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Maʼlumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionatida Portugaliya milliy terma jamoasi “K” guruhida Oʻzbekiston, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan birga kurash olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting