Portugaliya va Niderlandiya muxlislari JCh-2026ni boykot qilishga chaqirmoqda
Portugaliya va Niderlandiya muxlislar uyushmalari 2026 yil yozida AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilishga chaqirmoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Mazkur tashabbusga FIFA tomonidan turnir uchrashuvlari uchun belgilangan chipta narxlarining haddan tashqari yuqoriligi sabab bo‘lgan. Xususan, final bahsiga chipta narxlari 2022 yil Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati finaliga nisbatan olti-yetti barobar qimmatroq ekani ta’kidlanmoqda.
Ayrim muxlislar bir necha yil davomida chipta sotib olish uchun mablag‘ yig‘gan, biroq hozirgi narxlar fonida ular mundialga borish- bormaslik masalasida ikkilanib qolgan.
Shuningdek, Fransiyadagi bir qator muxlislar uyushmalari ham boykotni javob chorasi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda ular bu masalada Fransiya futbol federatsiyasidan qo‘llab-quvvatlash so‘rab murojaat qilgan.