locale OZ

Portugaliya terma jamoasini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Jezush 2025 yil iyulidan 2026 yil mayiga qadar Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya terma jamoasini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Tajribali mutaxassis Jorje Jezush Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jezush jamoa AQSHdan Portugaliyaga qaytgach, mamlakat futbol federatsiyasi bilan muzokara o‘tkazadi. Federatsiya 71 yoshli mutaxassisni Portugaliya, Ispaniya va Marokash hamkorlikda mezbonlik qiladigan 2030 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng munosib nomzod sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Jorje Jezush 2025 yil iyulidan 2026 yil mayiga qadar Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini boshqardi. U jamoani mamlakat chempionligiga olib chiqqanidan so‘ng klubni tark etishini e’lon qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting