locale OZ

Portugaliya terma jamoasi oldiga JCH-2026 finaliga chiqish vazifasi qo‘yildi

Bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya terma jamoasi oldiga JCH-2026 finaliga chiqish vazifasi qo‘yildi
FOTO: Getty Images

Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) milliy terma jamoaning kelgusi jahon chempionatidagi maqsadini e’lon qildi. The Touchline nashrining xabar berishicha, jamoa oldiga turnir finaliga qadar yetib borish vazifasi qo‘yilgan.

Roberto Martines boshqaruvidagi portugaliyaliklar saralash bosqichini ko‘ngildagidek yakunlashdi. Jamoa Vengriya, Irlandiya va Armaniston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan holda, o‘tkazilgan oltita o‘yinda 13 ochko jamg‘ardi va «F» guruhida peshqadam sifatida yo‘llanmani naqd qildi.

Portugaliya terma jamoasi uchun bu qatorasiga yettinchi bor jahon chempionatida ishtirok etish hisoblanadi. 2026 yilgi dunyo birinchiligi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, federatsiya jahon chempionatidan so‘ng bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourinoni taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ayni damda jamoani JCHga Roberto Martines tayyorlamoqda, biroq turnirdan keyin rahbariyatda o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting