Portugaliya murabbiylar shtabida og‘ir yo‘qotish
Portugaliya terma jamoasi K guruhida 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Foto: Getty Images
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rikardu Karvalyuning otasi 69 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Karvalyu 29-iyun kuni ertalab AQShning Florida shtatidagi Palm-Bich shahrida jamoa mashg‘ulotida ishtirok etgan. Biroq yaqin vaqt ichida u dafn marosimida qatnashish uchun Portugaliyaga qaytishi kutilmoqda.
Hozircha Karvalyu JCh-2026 1/16 finalidagi Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvida terma jamoa bilan birga bo‘la oladimi yoki yo‘qmi, aniq emas.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi K guruhida 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist