Portugaliya Mourinyo haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi
FOTO: Getty Images
Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) “Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan muzokaralar olib borilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Turkiya matbuotida Mourinyo Portugaliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga yaqin turgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Qayd etilishicha, mutaxassis allaqachon dastlabki kelishuvga erishgan. Mourinyo UEFA Millatlar Ligasining joriy mavsumidan so'ng Portugaliya terma jamoasini boshqarishi kutilgandi.
Biroq, keyinchalik FPF'dagi manba bu ma'lumotni qat'iyan rad etdi. Hozirda Mourinyo bilan hech qanday aloqa yo'qligi aytilmoqda. Terma jamoaning amaldagi murabbiyi Roberto Martines 2026-yilgacha lavozimini tark etmaydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist