locale OZ

Portugaliya milliy jamoasi tarixda ikkinchi bor Ronaldusiz raqib darvozasini toʻqqiz bor ishgʻol qildi

Roberto Martines shogirdlari muddatidan avval mundial yo'llanmasini qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya milliy jamoasi tarixda ikkinchi bor Ronaldusiz raqib darvozasini toʻqqiz bor ishgʻol qildi
FOTO: Getty Images
JCH. Saralash. Yevropa
16.11.2025, Yak.
Portugaliya
9
Armaniston
1

Portugaliya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Armanistonga qarshi o‘yinda (9:1) yirik g‘alaba qayd etib, bir uchrashuvda urilgan gollar bo‘yicha o‘z tarixiy rekordini takrorladi.

Uchrashuv Portugaliyadagi «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tdi. Jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmadi.

Ilgari portugaliyaliklar faqat bir marta raqib darvozasiga to‘qqizta gol urishgan — Yevro-2024 saralashida Lyuksemburg 9:0 hisobida mag‘lub etilgandi. O‘sha o‘yinda ham Ronaldu qatnashmagandi.

Maʼlumot uchun, Portugaliya saralashning «F» guruhida birinchi o‘rinni egallab, 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqa kelasi yil yozda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting