locale OZ

Portugaliya kambek evaziga Xorvatiyani mag‘lub etdi

Ronaldu gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya kambek evaziga Xorvatiyani mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
02.07.2026, Yak.
Portugaliya
2
Xorvatiya
1

Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bahsida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada portugallar nimchorak finalga yo‘l oldi.

Kanadaning Toronto shahridagi “BMO Field” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni norvegiyalik hakam Espen Eskas boshqarib bordi.

O‘yinda hisobni 53-daqiqada Ivan Perishich ochdi. 68-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi. Portugaliyaga g‘alaba keltirgan gol esa asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada kiritildi. Rafael Leauning aniq uzatmasidan so‘ng Gonsalu Ramush to‘pni darvoza to‘riga yo‘llab, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, portugaliyaliklar minimal hisobda zafar quchib, Jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga chiqdi.

Endi Portugaliya 1/8 final bosqichida Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting