locale OZ

Portugaliya — Ispaniya o‘yiniga Entoni Teylor hakamlik qiladi

AQSH — Belgiya o‘yinini esa iordaniyalik Adham Mahadme boshqaradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya — Ispaniya o‘yiniga Entoni Teylor hakamlik qiladi
Foto: Getty Images

JCh-2026 1/8 finalining yana ikki muhim uchrashuvi uchun hakamlar brigadasi e’lon qilindi.

FIFA qaroriga ko‘ra, Portugaliya — Ispaniya bahsini angliyalik hakam Entoni Teylor boshqaradi.

Unga qanotlarda Gari Besvik va Adam Nann yordam beradi. Ularning har ikkisi ham Angliya vakillari hisoblanadi.

Ushbu uchrashuvda zaxira hakami sifatida germaniyalik Feliks Svayer ishlaydi. Zaxira yordamchi hakam vazifasi esa Robert Kempterga topshirilgan.

AQSH — Belgiya o‘yinini esa iordaniyalik Adham Mahadme boshqaradi. Unga Mohammad Al-Kalaf va Ahmad Al-Roalle yordam beradi.

Mazkur bahsda zaxira hakami sifatida gabonlik Per Acho, zaxira yordamchi hakam sifatida esa Boris Ditsoga ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya — Ispaniya va AQSH — Belgiya uchrashuvlari JCh-2026 1/8 finalining eng qiziqarli qarama-qarshiliklari qatorida turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting