locale OZ

Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldu bilan yarashishga harakat qilmoqda

Hozircha futbolchining Portugaliya termasidagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinmagan.
Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldu bilan yarashishga harakat qilmoqda
Foto: Getty Images

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan vaziyatni yumshatish va milliy jamoa sardorini terma jamoada olib qolish ustida ishlamoqda. Marca ma’lumotiga ko‘ra, federatsiya rahbariyati 41 yoshli hujumchi so‘nggi voqealardan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlamasligiga umid qilmoqda.

Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush bilan bog‘liq mojaro ortidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini muddatidan oldin tark etgan edi. Futbolchi bu qarorni federatsiya prezidenti Pedro Proensa bilan suhbatdan keyin qabul qilganini bildirib, ketishining haqiqiy sabablarini keyinroq portugaliyaliklarga tushuntirishini ma’lum qilgan.

Portugaliya matbuotida ushbu vaziyatdan keyin Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tarqaldi. Biroq federatsiya hozircha bunday ssenariyning oldini olish va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, Jezush Daniya ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alabadan keyin Ronaldu bilan bog‘liq savollarga batafsil javob berishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U milliy jamoa safida 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol muallifi bo‘lgan. Hozircha futbolchining Portugaliya termasidagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting